Muhammad al-Arabiy ad-Darqoviy

Abu Abdulloh Muhammad al-Arabiy ad-Darqoviy marokashlik boʻlib, tasavvufning shoziliylik tariqati rahnamosi. Zikr hamda kundalik hayotga oid koʻrsatmalarni targʻib qilgan maktublar muallifi. U dunyoviy ishlariga aralashmaslikni taʼkidlab, baraka haqidagi daʼvolardan foydalanadigan boshqa tasavvuf tariqatlariga qarshi gapirgan[1]. Hukumatga qarshi qoʻzgʻolonlarni qoʻllab-quvvatlagani uchun Marokash hukmdori Mavlaviy Sulaymon (h. 1792–1822) tomonidan qamoqqa tashlangan, lekin Abdurrahmon (h. 1822–1859) tomonidan ozod qilingan.

Shoziliy tariqatining Darqava oqimi uning oʻlimidan soʻng taʼlimoti atrofida tashkil etilgan boʻlib, oqim aʼzolari turli ijtimoiy guruhlardan kelib chiqqan. Darqava bir paytlar Marokashdagi eng muhim tariqat boʻlgan boʻlsa-da, Shimoliy Afrika boʻylab tarqalgach, taʼsiri kamayib ketgan[2]. Qabri Rifdagi Bou Brih zaviyasida.

  1. E. J. Brill's first encyclopaedia of Islam, 1913–1936, Volume 2, p. 946
  2. John Esposito, The Oxford Dictionary of Islam, Oxford University Press 2003

From Wikipedia, the free encyclopedia · View on Wikipedia

Developed by Tubidy